Jizzaxdagi YTHda taniqli bloger halok bo‘ldi
Jizzax shahrida 21 yoshli bloger Orzigul Urazmatova o‘z boshqaruvidagi avtomobilda YTHga uchrab vafot etdi.
5-avgust kuni soat 03:00 larda, Jizzax shahar, O‘ratepalik MFY hududidan o‘tuvchi Islom Karimov ko‘chasida Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanida istiqomat qilgan 2005-yilda tug‘ilgan haydovchi O.U. Gentra rusumli avtomobilini boshqarib ketayotgan vaqtda, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi daraxtga urilishi oqibatida yo‘l-ulov hodisasi sodir etilgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida Orzigul Urazmatova Jizzax viloyati tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan. Shuningdek, avtomashinada yo‘lovchi sifatida bo‘lgan 2008 yilda tug‘ilgan I.M. ga tibbiyot birlashmasida tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda, deyiladi viloyat IIB xabarida.
Qayd etish kerakki, Urazmatova Instagram tarmog‘ida faol bo‘lgan va bir necha yuz ming obunachilarga ega edi.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter