Farg‘onada gaz quyish shoxobchasida «Lacetti» portlab ketdi (foto)

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchalaridan birida «Lacetti» mashinasining gaz baloni portlab ketgani haqida xabarlar tarqaldi.

Hodisa oqibatida avtomobilning orqa qismi sochilib ketgan. Aytilishicha, portlashdan hech kim jarohatlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter