Farg‘onada madaniy meros obekti devori qulab tushdi
Respublikamizning deyarli barcha hududlarida kuzatilayotgan yog‘ingarchilik madaniy meros obektiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Xususan, Marg‘ilon shahar Guravel MFY hududida joylashgan Safed to‘da masjidi devorining bir qismi qulab tushgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat madaniy meros boshqarmasi xodimlari tomonidan ishchi guruh tuzildi.
Ma’sullar masjid binosini o‘rganish va uning qolgan qismini asrab qolish uchun chora-tadbirlar ko‘rishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter