Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onadagi tumanlarga kuchli sel keldi

Farg‘onadagi tumanlarga kuchli sel keldi

Skrinshot

Bugun, 11-may kuni soat 18:00 larda qisqa muddatda ko‘p miqdordagi kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida joylashgan So‘x, Farg‘ona tumanining Shohimardon hududida joylashgan Yordon MFYlarda sel oqimlari yuzaga keldi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Hodisa natijasida So‘x tumanining Malbut qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi Malbut, Devayron MFY hududidan oqib o‘tuvchi Devayron sel yo‘llarida sel oqimlari soy o‘zaniga sig‘may, So‘x-Rishton avtomobil yo‘lining qatnov qismiga loyqa va turli tog‘ jinslarini oqizib kelgan. Oqibatda ushbu avtomobil yo‘lida transport vositalarining qatnovi vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Sel suvlari Malbut qishlog‘idagi xonadonlarning yerto‘la, qo‘shimcha bino va tomorqalariga oqib kirgan. Hozirda muhandislik texnikalari yordamida sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Sel oqibatlarini bartaraf etish, suv toshib kirgan xonadonlar sonini aniqlash ishlari tuman hokimi rahbarligida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va tegishli xizmatlar tomonidan amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.

Kecha, 10-may kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani qishloqlarini sel bosib, ikki kishi qurbon bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring