Qozog‘istondagi fojia bo‘yicha O‘zbekiston tomoni rasmiy ma’lumot berdi

Bugun, 18-yanvar kuni Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi va oqibatda 52 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Ushbu fojia yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari bayonot berishdi.
TIV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, avtobusda 55 nafar yo‘lovchi, 2 nafar haydovchi bo‘lgan (hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, ular O‘zbekiston fuqarolari). Shundan 5 nafari jarohat olgan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Qolgan 52 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining qayd etishicha, 55 nafar yo‘lovchi O‘zbekiston, 2 nafari esa Qozog‘iston fuqarolari bo‘lishi mumkin. Hozirda fuqarolikka aniqlik kiritilmoqda.
Zudlik bilan Irgiz tumanidagi halokat joyiga O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi xodimlari yuborildi, deyiladi TIV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter