Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston zargarlik buyumlari eksportini yillik $300 millionga chiqarmoqchi

O‘zbekiston zargarlik buyumlari eksportini yillik $300 millionga chiqarmoqchi

O‘zbekistonda qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmini 7 tonnaga, zargarlik buyumlarini eksport qilish ko‘rsatkichlarini esa 300 mln AQSh dollariga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Bu borada qabul qilingan «Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-207-sonli qaror bilan, shuningdek, qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlarining norasmiy aylanmasini kamida 50 foizga qisqartirish ham ko‘zda tutilyapti.

Qarorga ko‘ra, zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladi, jumladan:

  • qimmatbaho metallarni kechiktirib to‘lash sharti bilan sotishda 90 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga foiz hisoblanmaydi, 91-kundan boshlab 180-kungacha amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga – yillik 3 foiz miqdorida foiz hisoblanadi;
  • zargarlik markazlarida «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi va Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining filiallari faoliyati (sayyor xizmat ko‘rsatish) yo‘lga qo‘yiladi;
  • zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasiga a’zo bo‘lganda a’zolik badalini 50 foizlik chegirma bilan to‘laydi.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring