Forishda katta kran haydovchisi ish joyida o‘zini osib qo‘ydi
Jizzax viloyati, Forish tumanida ko‘p qavatli uylar qurayotgan tashkilotning kran haydovchisi ish joyida o‘z joniga qasd qildi. Mazkur xabarni Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi.
Unga ko‘ra, voqelik 22-iyun tongida yuz bergan. Ya’ni, haydovchi O.T. o‘zi boshqarib kelgan katta kranning («bashenniy kran») o‘q qismiga arqon o‘tkazib, o‘zini o‘zi osishi oqibatida vafot etgan.
Murda ko‘zdan kechirilganda tananing bo‘yin sohasidagi (o‘zini arqon bilan osishi natijasida yetgan) tan jarohatidan tashqari boshqa jarohatlari aniqlanmagan.
Ayni paytda sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter