Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVV ikki yirik yong‘in haqida ma’lumot berdi

FVV ikki yirik yong‘in haqida ma’lumot berdi

Foto: «Xabar.uz»

Kuni kecha, 4 oktyabr kuni soat 20:04da O‘rtachirchiq tumani, «O‘choqli» MFY, Majnuntol ko‘chasida joylashgan «WORT BARAKA BIZNES» MChJga qarashli binoda yong‘in bo‘ldi.

Voqea joyigaToshkent viloyati FVB rahbari boshchiligida 5 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari jalb etilgan. Yong‘in oqibatida bino ichidagi yog‘och materiallari yongan. Yong‘in soat 20:33da o‘rab olinib, soat 20:59da batamom o‘chirilgan. Yong‘indan binoning 800 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Shuningdek, bugun, 5 oktyabr kuni soat 06:45 da Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, «Dehqonobod» MFY, Nishonbobo ko‘chasida joylashgan gulqog‘ozlar ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi.

Beshta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 06:54 da yetib borib, yong‘in 07:00 da o‘rab olinib, 07:20 da o‘chirilgan.

Yong‘indan binoning 250 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib, 300 kv.m maydoni saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va xalok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inlar sababi va zarari aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring