Germaniya shimolidagi yo‘lda noxush voqea sodir bo‘ldi

Noma’lum kimsa Lyubek shahridan uncha olis bo‘lmagan joyda avtobusda yo‘lovchilariga pichoq bilan hujum qilishi oqibatida 14 kishi tan jarohati oldi, deya xabar berdi «Gazeta.ru».
Guvohlarning ma’lum qilishicha, yo‘lovchilar bilan liq to‘la avtobus Travemyunde shahriga ketayotgan bo‘lgan. Kutilmaganda yo‘lovchilardan biri pichoq bilan boshqalarga tashlanib qolgan.
Buni ko‘rgan avtobus haydovchisi yo‘lovchilar qochishi uchun ulovni to‘xtatib, eshikni ochgan. Shundan so‘ng ham pichoqbozlik davom etgan.
Politsiya xodimlari zo‘ravonni qo‘lga olgan. U 35 yoshda bo‘lib, asli eronlik ekan.
Hujum tufayli halok bo‘lganlar yo‘q. Biroq jarohatlanganlardan ikki kishining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter