Gripp sababli AQShning 11 shtatida maktablar yopildi

Amerikaning 11 shtatida gripp tufayli maktablarda darslarni to‘xtatildi.
Amerikaning 11 shtatida gripp tufayli maktablarda darslarni to‘xtatishga qaror qilindi. Bu haqida «Fox News» telekanaliga tayanib «TASS» xabar berdi.
Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, virusning keng tarqalishi natijasida Aydaxo, Texas, Oklaxoma, Florida, Alabama, Kentukki, Tennessi, Michigan, Illinoys, Nyu-York va Missuri shtatlarida o‘quv muassasalari yopilgan.
Avvalroq ushbu epidemiya oqibatida AQShda 37 nafar bola halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter