Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gripp sababli AQShning 11 shtatida maktablar yopildi

Gripp sababli AQShning 11 shtatida maktablar yopildi

Amerikaning 11 shtatida gripp tufayli maktablarda darslarni to‘xtatildi.

Foto: «Fox News»

Amerikaning 11 shtatida gripp tufayli maktablarda darslarni to‘xtatishga qaror qilindi. Bu haqida «Fox News» telekanaliga tayanib «TASS»  xabar berdi.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, virusning keng tarqalishi natijasida  Aydaxo, Texas, Oklaxoma, Florida, Alabama, Kentukki, Tennessi, Michigan, Illinoys, Nyu-York va Missuri shtatlarida o‘quv muassasalari yopilgan.

Avvalroq ushbu epidemiya  oqibatida AQShda 37 nafar bola halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring