Gulistonda mudhish hodisa yuz berdi: poyezd 55 yoshli ayolni urib yubordi
4-iyul kuni Guliston shahar hududida harakatlanayotgan yuk poyezdi 55 yoshli ayolni urib yubordi, ayol voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Sirdaryo viloyat prokuraturasiga tayanib «Sirdaryo Xabarlari» maxlum qilgan.
Хabarga ko‘ra, 2021-yil 4-iyul kuni soat 12:20 larda Sirdaryo viloyati «Guliston-Oqoltin» temir yo‘l bekatlari oralig‘i 3484 km 1-piketida yuk poyezdi Guliston shahar 3-mavzedan Bahor mahallasiga o‘tish joyida mavjud bo‘lgan piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan Guliston shahrida yashovchi 55 yoshli M.D. (ayol)ni urib yuborgan.
«Hozirda Xovos transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.
Ayol olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter