Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulistondagi portlash: hodisa ortidan 3 kishi qamoqqa olindi

Gulistondagi portlash: hodisa ortidan 3 kishi qamoqqa olindi

Joriy yilning 2-dekabr kuni soat 10:50 larda Guliston shahar, Taraqqiyot mahallasi hududida joylashgan «Bek Family Cafe» MChJga qarashli umumiy ovqatlanish shahobchasi oshxonasida mavjud bo‘lgan o‘choqqa yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ravishda ulangan 50 litr hajmdagi suyultirilgan propan gaz ballonidan sizib chiqqan uglevodorod gazi va havo aralashmasining chaqnashi oqibatida portlash yuzaga kelgan.

Oqibatda, jami 29 nafar fuqarolar turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialiga yotqizilgan.

Olgan tan jarohatlari natijasida 3 nafar fuqaro vafot etgan.

Bemorlardan 5 nafarining ahvoli qoniqarli bo‘lgani sababli tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga javob berilgan, qolgan bemorlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan JKning 192-11-moddasi 1-qismi, 257-moddasi 2-qismi «a,b» bandlari va 259-moddasi 2-qismi «a,b» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, «Bek Family Cafe» MChJ mansabdor shaxslarining 3 nafari protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Hozirda, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i Ramazon Ashropov boshchiligida hamkor idoralarning mutaxassislaridan tashkil topgan tergov guruhi tomonidan barcha zaruriy tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring