Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulistondagi portlash: qurbonlarning oilasiga moddiy yordam beriladi

Gulistondagi portlash: qurbonlarning oilasiga moddiy yordam beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyat filialiga borib, Guliston shahridagi hodisada jarohat olgan bemorlarning ahvoli va davolash jarayonlari bilan tanishdi.

Davlat rahbari mutasaddilarga jabrlanganlarga zarur barcha tibbiy yordam ko‘rsatilishini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha topshiriq berdi. Baxtsiz hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, ularga moddiy yordam ko‘rsatish zarurligini qayd etdi.

Mas’ullar oldiga sodir bo‘lgan voqeaning sabablarini puxta o‘rganish, qonun ustuvorligini ta’minlash, kelgusida bunday holatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligi ustidan nazorat ishlarini kuchaytirish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring