Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchilik guvohnomasini va’da qilganlar qo‘lga olindi

Haydovchilik guvohnomasini va’da qilganlar qo‘lga olindi

Foto: Xabar.uz

Buxoroda fuqarolarga haydovchilik guvohnomasini olib berish va’dasi bilan mo‘may daromadni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.

Holat viloyat IIB Jinoyat qidruv boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha,  viloyatning G‘ijduvon tumanida yashovchi 34 yoshli N.N. hamda 49 yoshli A.D. lar o‘zaro til biriktirgan holda o‘zgalar pulini qo‘lga kiritish maqsadini ko‘zlab, reja tuzishgan. Ular vobkentlik ikki nafar fuqaroga haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilishgan. Va «xizmat ko‘rsatish» evaziga 400 dollardan miqdorida pul berishlarini so‘rashgan.

Fuqarolar esa huquq-tartibot idoralariga ariza bilan murojaat qilishgan.

Holat yuzasidan tezkor tadbir uyushtirilgan. N.N. va A.D.lar haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmoqchi bo‘lgan fuqarolarning  har biridan kimyoviy ishlov berilgan 380 dollardan olishayotgan vaqtda qo‘lga olinishgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring