Hisobida 2 mlrd so‘m bo‘lgan plastikdan 1 mlrd o‘marildi
Tadbirkorning 1 mlrd so‘mini qo‘lga kiritgan firibgarning qilmishi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti xabar qildi.
Yakkasaroy tumanida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro O.U. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, «S-D.» MChJ rahbari A.ning hisobida 2 mlrd so‘m bo‘lgan plastik kartasini olib, pul mablag‘ini naqdlashtirib, shundan A.ga 1 mlrd so‘mini qaytarib, qolgan mablag‘ini qaytarmasdan o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter