Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim kaltaklangan direktorni ko‘rgani bordi (foto)

Hokim kaltaklangan direktorni ko‘rgani bordi (foto)

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanidagi 28-sonli maktab direktori Umida Tursunovaning holidan xabar olish uchun tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga bordi. 

Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari bergan tashxislariga ko‘ra bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, boshning peshona tepa ensa sohasi ko‘plab ezilib yirtilgan jarohatlari, ikkala ko‘z yuqori va pastki qovoqlarga qontalashish diagnozi qo‘yilgan.

U.Tursunovaga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali mutaxasislari tomonidan konsultatsiya qilinib, zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Ayni vaqtda bemorning ahvoli barqaror. Uni RShTYoIM viloyat filialiga ko‘chirish chorasi ko‘rilmoqda.

Viloyat hokimi U.Tursunovaga shikast yetkazgan aybdorning qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishini hamda uning to‘laqonli davolanishini o‘z nazoratiga olganligini bildirdi.

Avvalroq, hokim bilan majlisda tortishgan direktor kaltaklab ketilgani xabar qilingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring