Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim yordamchisi katta miqdordagi pora bilan ushlandi

Hokim yordamchisi katta miqdordagi pora bilan ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va Toshkent tuman bo‘limi, Yangiyo‘l tuman prokuraturasi, DXX Toshkent tumani bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 aprel kuni Toshkent TXAY yo‘li ko‘chasida joylashgan «Jeddax» nomli milliy taomlar oshxonasi yonida fuqaro L.A (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan «Bog‘izilol» kafesi yonidan oqib o‘tgan anhor bo‘yidagi 0,04 ga yer maydoni egalik qilish huquqini beruvchi qarorini chiqartirib berishi evaziga 30 ming dollarni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.  

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida o‘zini Toshkent shahar Statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari deb tanishtirgan shaxs aslida Toshkent tumanidagi «Zarbdor» MFYda ishlayotgan hokim yordamchisi ekani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring