IIB xodimlari fuqaroni kaltaklagani haqida navbatdagi murojaat tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Yusupov Jasurbek Maxsetovich ukasi Reymov Jo‘rabek Maxsetovichni To‘rtko‘l tumani IIB xodimlari tomonidan tan-jarohat yetkazilganligi sababli IIB xodimlariga chora ko‘rishni so‘ragan murajaati tarqalgan, deb xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston prokuraturasi.
Hozirgi kunda mazkur holat bo‘yicha To‘rtko‘l tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Holat bo‘yicha To‘rtko‘l tumani IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi va fuqaro Reymov Jo‘rbek Maxsetovichga yetkazilgan tan-jorahati bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Mazkur tergovga qadar tekshiruv harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas