Ikki o‘quvchi qiz «TikTok» uchun butun boshli fermani yoqib yubordi
Rossiyaning Perm o‘lkasi, Nitvenskiy tumanida yashovchi ikki o‘quvchi qiz «TikTok» tarmog‘iga video suratga olish uchun fermani yoqib yubordi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Qizlar somonni yoqish jarayonini videoga olishgan, ammo keyin ular yong‘inni to‘xtatishni imkoni bo‘lmagan. Oqibatda 200 tonna somon, shuningdek ferma yonib ketgan.
O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishgan. Yong‘in natijasida 150 ming rubl qiymatdagi mol-mulk yo‘q kuyib kul bo‘lgan.
Qizlar voqea joyidan qochib ketishgan, ammo mahalliy politsiya xodimi ularning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.
Qizlarning ota-onalariga nisbatan «voyaga yetmaganlarni tarbiyalash vazifalarini bajarmaganligi» bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar tuzilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter