Ishga kiritmoqchi bo‘lgan Taxiatosh XTB boshlig‘i pora ustida ushlandi

Bosh prokuratura departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda idora axborot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, Taxiatosh tumani xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi M. fuqaro P.ni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Taxiatosh tumanidagi 1-sonli maktabga o‘qituvchi lavozimiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga undan 200 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter