Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 «Jiguli» va «Captiva»dagilar bir-biriga yo‘l bermay mushtlashishdi

 «Jiguli» va «Captiva»dagilar bir-biriga yo‘l bermay mushtlashishdi

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Kuni kecha, 16-may kuni soat 22:30 larda Samarqand viloyati, Urgut tumani «Dehqonobod» mahallasida «Jiguli-VAZ 2106» hamda «Captiva»rusumli avtomashina haydovchilarining bir-biriga yo‘l bermasligi natijasida fuqarolar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Janjalga avtomashinalarda bo‘lgan fuqarolar ham qo‘shilgan. Janjal oqibatida ikki nafar fuqaro tan jarohati olib, Urgut tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Hozirda jabrlanuvchilar olgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlanib, Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring