Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxdagi «Qoradori-2019» tadbirida fuqaro 8 kilogrammdan ziyod marixuana bilan ushlandi

Jizzaxdagi «Qoradori-2019» tadbirida  fuqaro 8 kilogrammdan ziyod marixuana bilan ushlandi

Foto: IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

Joriy yilning 13-may kuni o‘tkazilayotgan «Qoradori-2019» keng qamrovli tadbirida Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida «GAZ-53» rusumli yuk avtomashinasida yo‘lovchi sifatida o‘zi bilan 8 kg. 327 gr. marixuana giyohvandlik moddasini olib ketayotgan 27 yoshli J.S. qo‘lga olindi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Aprel oyida Chinoz tumanida ham bir fuqaro 8 kilogrammdan ziyod marixuana bilan qo‘lga olingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring