Jizzaxda cho‘pon ikki sherigini o‘ldirdi
Uch nafar cho‘pon spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘zaro janjallashadi, ulardan biri ikki sherigini o‘ldiradi va voqea joyidan qochib ketadi. Bu haqda Jizzax viloyati prokuraturasi axborot xizmatining xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022-yil 13*aprel kuni Forish tumanidagi «Egizbuloq» MFYga qarashli Ko‘ktepa hududidagi fermer xo‘jaliklarining biriga qarashli cho‘pon uyida uch nafar cho‘pon o‘rtasida boshlangan janjal qotillik bilan tugagan.
Cho‘ponning uyida vaqtincha yashab, cho‘ponlik qilib kelayotgan, 1977-yilda tug‘ilgan fuqaro M.G‘. ushbu hududda cho‘ponlik qilib kelayotgan tanishi, 1977-yilda Paxtakor tumanida tug‘ilgan J.X. va 1973-yilda shu tumanda tug‘ilgan X.X. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirganda o‘rtalarida janjal kelib chiqqan.
Oqibatda, M.G‘. yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan J.X. va X.X.larning ko‘krak qafasiga bir necha marta tan jarohati yetkazib, ularni qasddan o‘ldirib, voqea joyidan yashiringan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter