Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda ikki o‘g‘il ota-onasini hammomdan o‘lik holda topishdi

Jizzaxda ikki o‘g‘il ota-onasini hammomdan o‘lik holda topishdi

Foto: Xabar.uz

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida 10 fevral kuni er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda «Millar» dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, er-xotin 9 fevral kuni tunda yuvinish xonasiga kirib ketib, tonggi 8:00gacha u yerdan chiqmagan. Bundan xavotirga tushgan ikki nafar o‘g‘il xabar olish maqsadida borganda ularni o‘lik holda topgan.

Tuman hokimi yordamchisi Diyor Po‘latovning aytishicha, hodisaga dudburondan chiqqan is gazi sabab bo‘lgan. «Oilada ikki nafar farzand bor edi. Uy-joyim deydigan er-xotin edi. Shunday baxtsiz hodisa sodir bo‘lib, vafot etishdi», — deydi ularning qo‘shnisi.

«Tekshirib ko‘rganimizda, hammomda o‘rnatilgan pech noqonuniy bo‘lib chiqdi. Hozirgi kunda is gazidan zaharlangani aniq emas. Viloyat prokuraturasi tekshiruv ishlari olib bormoqda», — deya ma’lum qildi tuman gaz ta’minoti korxonasi rahbari o‘rinbosari Hamza Shodiyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring