Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda «Neksiya-3» olish uchun 45 mln. «shapka» so‘rashdi

Jizzaxda «Neksiya-3» olish uchun 45 mln. «shapka» so‘rashdi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Arnasoy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, «Aydardaryotrans» XK rahbari B. fuqaro Sh.ning nomiga Jizzax shahridagi avtosalonda ishlovchi tanishlari orqali «Neksiya-3» rusumli avtomashina xarid qilish uchun shartnoma olib berishga yordam berishi evaziga 45 mln. so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring