Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda prokuror o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Jizzaxda prokuror o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Foto: Xabar.uz

15 noyabr kuni taxminan soat 16.30 larda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyati, Yangiobod tumani prokurorining o‘rinbosari 8.000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Xabar.uzga ma’lum qildi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda viloyat prokuraturasi xodimi DXX tomonidan ushlangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring