Jizzaxdagi «Amerika orzusi» ushalmadi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro A.O. fuqaro R.M.ni Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish va ish bilan ta’minlash evaziga 13 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter