Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxdagi koloniyadan ikki mahkum qochib ketdi

Jizzaxdagi koloniyadan ikki mahkum qochib ketdi

Jizzaxdagi manzil-koloniyadan 2 mahkum qochib ketdi. Holat yuzasidan IIV huzuridagi JIED axborot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 yanvar kuni 3-mintaqaviy hudud 30-son manzil-koloniyasida jazo muddatini o‘tab kelgan mahkum A.K sog‘ligi sababli Zafarobod tumani Tibbiyot birlashmasiga davolanish uchun yotqizilgan bo‘lishiga qaramasdan, soat 22.30 larda tibbiyot birlashmasidan ruxsatsiz, noma’lum tomonga ketib qolganligi aniqlangan.

Xuddi shu kuni soat 23.15 larda muassasada o‘tkazilgan ko‘rik vaqtida mahkum M.N. ning ham koloniya hududida yo‘qligi aniqlangan.

Hozirda IIV huzuridagi JIED tomonidan ushbu mahkumlarni tartibbuzarlik sodir etib, belgilangan hududlardan ketib qolganliklari uchun qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Qidiruv-surishtiruv ishlari yakuni yuzasidan jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz, deyiladi ma’lumotda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring