Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Katta Farg‘ona kanalida bola qidirilmoqda

Katta Farg‘ona kanalida bola qidirilmoqda

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida kanalga tushib ketgan 13 yoshli bola qidirilmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tayanib «unews.uz» xabar berdi.

Vazirlik axborotiga ko‘ra, O‘zbekiston tumani «Beruniy» MFY Alisher Navoiy ko‘chasida yashovchi 2008-yilda tug‘ilgan yigit tumandagi «Namuna» MFY hududidan oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketgan.

Hozirda Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi g‘avvos-qutqaruvchilari tomonidan suvda qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgan yigitning jasadi 74 kun o‘tib topilgani haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring