Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kattaqo‘rg‘onda harbiy vertolyot halokatga uchradi, qurbonlar bor

Kattaqo‘rg‘onda harbiy vertolyot halokatga uchradi, qurbonlar bor

Kattaqo‘rg‘onda harbiy vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar bermoqda. 

2023-yil 17-noyabr kuni soat 20:15 da Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga tegishli «Mi-8» vertolyoti «Kattaqo‘rg‘on» poligonida o‘quv parvozini amalga oshirayotganida halokatga uchradi.

Fojia oqibatida vertolyot ekipaji halok bo‘ldi. Ekipaj soni hozircha ma’lum emas. 

Ayni vaqtda hodisa joyida Maxsus komissiya avariya sabablarini aniqlash ustida ish olib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring