Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kobulda yana portlash: AQSh zarba berdi

Kobulda yana portlash: AQSh zarba berdi

Foto: «Fine-news.ru»

OAV Afg‘oniston poytaxtida sodir etilgan hujumni AQSh amalga oshirganini xabar berdi.

Avvalroq Kobulda portlash sodir bo‘lgan edi. Poytaxt politsiya boshqarmasidagi manbaning RIA Novosti agentligiga tasdiqlashicha, portlashga Kobul aeroporti yaqinidagi uyga raketa zarbasi sabab bo‘lgan. Al-Jazeera telekanalining xabar berishicha, bir bola halok bo‘lgan, uch kishi jarohatlangan.

«AQSh Kobulda harbiy hujum uyushtirdi», — deya Reyter AQShning ikki rasmiy vakiliga tayanib xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, zarba terrorchilar tashkilotining jangarilar guruhiga qaratilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring