«Ko‘cha jangi»ga chiqqan haydovchi va konduktorlarga 15 sutkadan berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda avtobus haydovchilari va konduktorlari ishtirokidagi mushtlashuv aks etgan video tarqalgandi.
Rasmiy ma’lumotda 10 oktyabr kuni soat 16:30da Samarqand shahar Dahbed-Rudakiy ko‘chalari kesishmasida yo‘nalishli harakatlanuvchi 64-sonli avtobus konduktori Q.J. va 52-sonli yo‘nalishli harakatlanuvchi avtobus haydovchisi M.E. va ushbu avtobus konduktori o‘rtasida janjal yuz bergani qayd etilgandi.
Samarqand IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu janjal ishtirokchilarining har biriga nisbatan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter