Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuchli shamol Nukus va Qarshidagi uylar tomini uchirib yubordi (foto)

Kuchli shamol Nukus va Qarshidagi uylar tomini uchirib yubordi (foto)

Foto: FVV matbuot xizmati.

Bugun yurtimizda yuzaga kelgan kuchli shamol natijasida ayrim viloyatlardagi binolarning tomi qulab tushgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Jumladan Kattaqo‘rg‘on shahri, «Vatanparvar» MFYda joylashgan ko‘p qavatli uyning taxminan 120 m.kv, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan Stomatologiya binosining 100 m.kv, Do‘stlik MFYda joylashgan ko‘p qavatli uyning 250-300 m.kv qulab tushgan.

Nukus shahri, A.Do‘snazarov ko‘chasida joylashgan uyning 350 m.kv; Qarshi shahri 8-mitti tuman A.Navoiy ko‘chasida joylashgan uyning 100 m.kv maydonda tom qismlari shamol natijasida yerga qulagan.

Voqea joyiga FVVning hududiy boshqarmalari rahbariyati va qutqaruv bo‘linmalari jalb etildi. 

Tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring