Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuchli shamol «Xovos siti»dagi uyning tomini uchirib ketdi (video)

Kuchli shamol «Xovos siti»dagi uyning tomini uchirib ketdi (video)

2021-yilning 18-mart kuni taxminan soat 13 dan 35 daqiqa o‘tganda Yangiyer shahar «Navro‘zabod» MFY «Xovos siti» markazida joylashgan 5-uyning tom qismining taxminan 40 m.kv  maydoni kuchli shamol ta’sirida yerga tushgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati FVB axborot xizmati xabar berdi.

Voqea joyiga zudlik bilan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi  xodimlari yetib borib, hodisa oqibatlarini bartaraf etishga kirishganlar.

«Sodir bo‘lgan holat oqibatida insonlarning tan jarohati olishi yoki halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan», — deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring