Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuvaytdagi do‘konda baliqni noodatiy usulda «yangilashdi»

Kuvaytdagi do‘konda baliqni noodatiy usulda «yangilashdi»

Foto: «Al Bayan»

Kuvaytning «Al Bayan» gazetasi jurnalistlari mahalliy baliq do‘konlaridan birida bo‘lgan qiziq voqeani «Twitter»da yozib qoldirishdi.

Unga ko‘ra, sotuvchilar peshtaxtada bir necha kun qolib ketgan baliqning eskirganini fosh qilib turgan sariq ko‘zlarini olib tashlab o‘rniga o‘yinchoqlarga ishlatiladigan ko‘z qo‘yib qo‘yishadi.

Shundan keyin go‘yoki baliq yangidek ko‘rina boshladi. Biroq bu ayyorlik qimmatga tushdi: hazil na xaridorlarga, na shahar hoimiyatiga ma’qul keldi, shu bois do‘konni yopishga qaror qilishdi. Do‘konning qayta ochilishi dargumon.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring