«Lacetti» haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi

27 oktyabr kuni taxminan soat 00:10 da Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasidagi «Hosilot» mehmonxonasi yaqinida YTH sodir bo‘ldi.
«Lacetti» rusumli avtomobilni ishonchnoma asosida boshqarib borgan 1996 yilda tug‘ilgan Murodjon M. boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetida to‘xtab turgan 1964 yilda tug‘ilgan Shukurulla X. boshqaruvidagi «Mercedes-Benz» avtobusigi to‘qnashgan.
To‘qnashuv oqibatida «Lacetti» haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi.
Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter