Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Land Cruiser» yo‘lovchisi shubha uyg‘otdi va tekshirilganda...

«Land Cruiser» yo‘lovchisi shubha uyg‘otdi va tekshirilganda...

2021-yil 14-sentyabr kuni Toshkent shahar, Olmazor tumani hududida joylashgan «Mineral suvlar» blok-postida xizmat olib borgan YPX xodimi U.Mahkamov tomonidan «Toyota Land Cruiser» rusumli avtomobil to‘xtatilgan.

Tekshiruv davomida salonda bo‘lgan yo‘lovchi, 1971-yilda tug‘ilgan B.T. turli xatti-harakatlari bilan xodimda shubha uyg‘otgan.

Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida mazkur yo‘lovchining cho‘ntagidan, qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan, yashil rangli, o‘tkir hidli giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda topilgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro B.T. va topilgan modda tuman IIO FMBga topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring