Toshkentda aliment to‘lamayotgan fuqaroni tergov qilmoqda

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida 1-fevral kuni soat 19.58 da tushgan xabarga ko‘ra, farzandi uchun aliment to‘lamay kelayotgan fuqaro aniqlangan.
Xabar berilishicha, 2015-yil 1-yanvaridan 2018-yil 1-yanvariga qadar muqaddam sudlanmagan, ishlamaydigan fuqaro V.A.N. voyaga yetmagan farzandini moddiy taminlashdan bo‘yin tovlab, 12 116 897 so‘m to‘lamasdan kelgani aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-1-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, MIB tuman bo‘limi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter