Maktab hovlisidan 9 yoshli qizaloqning jasadi topildi. Ish prokuratura nazoratida
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati, Denov tumani, «Dahana» mahallasida joylashgan 57-maktabning 3-sinf o‘quvchisi qotillik qurboni bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.
Surxondaryo viloyati prokuraturasining ma’lum qilishicha, Denov tumani «Buyuk ipak yo‘li» mahallasida yashovchi M.Q. (ayol) 2022-yil 27-sentyabr kuni soat 17-25larda o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan, 2013-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Z.Q.ni Sariosiyo tumaniga olib borib, keyin uyiga qaytib kelgan vaqtida voyaga yetmagan Z.Q.ning sog‘ligi yomonlashganini ko‘rib, bila turib, uni hayoti xavf ostida qolganligi va o‘zini-o‘zi himoya qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lganligini anglagan holda unga yordam ko‘rsatmasdan, shu mahallada joylashgan Denov tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 15-maktabning hovlisiga olib borib tashlab ketganligi oqibatida voyaga yetmagan Z.Q. maktab hovlisida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 28-sentyabr kuni Denov tumani prokuraturasi tomonidan M.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari tuman IIB TB tomonidan olib borilmoqda.
Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter