Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mansabdor» firibgar bo‘lib chiqdi

«Mansabdor» firibgar bo‘lib chiqdi

Fuqaro V. S.ga mansabdor deb tanishtirilgan U. K. qip-qizil firibgar bo‘lib chiqdi. U va sheriklarining haqiqiy qiyofasi departamentning Yangihayot tuman bo‘limi xodimlari o‘tkazgan tadbirda «bir» deganda ochilsami?!

Voqelikning qisqa bayoni shunday: N. F. degan ayol yuqorida aytganimiz – V.S.ga 4300 AQSh dollari evaziga tumanda bo‘sh turgan 10-12 sotix yer  maydoniga egalik qilish huquqini beruvchi kadastr hujjatini rasmiylashtirib berishni va’da qiladi. So‘ziga isbot sifatida jinoiy sherigi U. K.ni go‘yoki Sergeli tuman hokimligining mansabdorlaridan biri sifatida tanishtiradi.

O‘tkazilgan tadbirda ularning barchasi firibgar ekani, shunday jinoyat bilan muqaddam sudlanishganiga ham oydinlshaniga nima deysiz?!

Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan firibgarlik va pora berishga qasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida ayblanuvchilar soni ko‘payishi ehtimoldan holi emas. Chunki, hozirdanoq ularning soni yana bittaga ko‘paygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring