Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mercedes-Benz» bilan to‘qnashuvda «Nexia 3» yonib ketdi

«Mercedes-Benz» bilan to‘qnashuvda «Nexia 3» yonib ketdi

Foto: IIV YHXBB

Joriy yilning 19-iyun kuni soat 08:50 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida haydovchi 1984 y.t. A.D. (erkak) «Mercedes-Benz» rusumli transport vositasida ortga qayrilib olayotgan vaqtda ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi 1992-y.t. D.M. (erkak) boshqaruvidagi «Nexia 3» rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizamati xabar bermoqda.

To‘qnashuv oqibatida «Nexia 3» rusumli transport vositasining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan va o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Natijada «Nexia 3» haydovchisi D.M. va yo‘lovchisi (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring