Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB IIB xodimlari va aholi o‘rtasida mushtlashuvni izohladi

MIB IIB xodimlari va aholi o‘rtasida mushtlashuvni izohladi

Skrinshot.

Kuni kecha Surxondaryoda IIB xodimlari va aholi o‘rtasida mushtlashuv bo‘lgani xabar berilgandi.

Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyat boshqarmasi ushbu holatga sabab bo‘lgan «Sho‘rchi tumani Joyilma mahallasidagi fuqaroning yashash honadoni va g‘isht zavodi buzib tashlandi» deya bayon qilingan xabarni o‘rgangan.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining joriy yil 2 fevral kunidagi sud qaroriga asosan javobgarlar B.I., J.N., I.N., G‘.O. va G.I. larni Oltinsoy tumani Gulchechak mahallasida joylashgan 174-A-uy bo‘lgan noturar joy (parrandachilik fermasi) binosining yer maydoni qurilgan g‘isht zavodi, yashash uyi, molxona va boshqa qurilmalarni qarzdorlar hisobidan buzish hamda uy-joydan chiqarish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Oltinsoy tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan va javobgarlarga bir necha bor sud qarori tushuntirilib, ogohlantirilgan.

Biroq javobgarlar sud qarori talablarini bajarmasdan o‘z ixtiyorlari bilan qurilmalarni buzmagan.

Shundan so‘ng Byuroning tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan va 8 iyun kuni majburiy ijro tayinlanib, tegishli tashkilotlar ishtirokida majburiy ijro harakatlari amalga oshirilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida javobgarlar tomonidan qarshiliklar ko‘rsatilganligi bois ichki ishlar xodimlari tomonidan ishtirokchilarning xavfsizligi ta’minlangan.

Hozirda, majburiy ijro harakatlari keyingi davrda amalga oshirish uchun qoldirilgan, deyiladi MIB axborot xizmati xabarida.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring