Mingbuloqda qarzdor fermer o‘z joniga qasd qildi
Mingbuloqlik fermer o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tumandagi «A.XX.» fermer xo‘jaligi rahbari T.X. (58 yosh) boshqa fermerdan 15 ming AQSh dollari miqdorida qarz bo‘lgan. Qarzni qaytarish imkoniyati bo‘lmaganidan tushkunlikka tushgan T.X. o‘ziga tegishli «Ij-27 Ye» rusumli vertikal shakldagi qo‘sh og‘izli ov miltig‘i qo‘ndog‘ini o‘rik daraxtiga, stvol uchini esa o‘zining yuragiga tirab, o‘ziga o‘q uzadi. Buning natijasida hodisa joyida vafot etadi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter