Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kreditni kartadan avtomatik yechish tartibi o‘zgaradi

Kreditni kartadan avtomatik yechish tartibi o‘zgaradi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Markaziy banki kredit hamda kafillik to‘lovlarini bank kartasidan mijozning topshirig‘isiz (avtomatik ravishda) yechib olish tartibiga muhim o‘zgartirish kiritdi.

Yangi qoidaga ko‘ra, agar bank va fuqaro o‘rtasidagi shartnomada qarzdorlikni kartadan avtomatik yechish belgilangan bo‘lsa, bank mijozning karta hisobvaraqlaridan pul yechib olgandan keyin unda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM)ning kamida yarmini qoldirishi shart.

Bugungi kunda mamlakatimizda MHTEKM 1 million 360 ming so‘mni tashkil etadi. Agar ushbu ko‘rsatkich o‘zgarmasa, bank kredit to‘lovini avtomatik ravishda yechib olganidan so‘ng, mijozning kartasida kamida 680 ming so‘m mablag‘ saqlanib qolishi kerak.

Markaziy bankning ushbu yangi talabi 2027-yilning 10-yanvaridan rasman kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring