Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ijaraga olingan Xitoy avtomobillari «josus» bo‘lib chiqdi

Ijaraga olingan Xitoy avtomobillari «josus» bo‘lib chiqdi

Foto: CyberDefence24 / ChatGPT

Xitoy avtomobillari Norvegiya harbiylarining mashg‘ulotlarini maxfiy ravishda videoga olib, saqlab borgani aniqlandi, deb xabar berdi CyberDefence24.

Voqea 2026-yilning sentyabrida Oslo yaqinida sodir bo‘lgan. Ijaraga olingan mashinalarga o‘rnatilgan kameralar harbiy xizmatchilarning harakatlanishi, yo‘nalishlari va hatto yopiq obyektlarning maxfiy kirish kodlarini ham tasvirga tushirib, xotirasida saqlagan.

Xavfsizlik qoidalari jiddiy buzilishiga qaramasdan, boshqa muqobil taklif bo‘lmagani sababli, harbiylar ushbu mashinalardan foydalanishda davom etishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, avtomobillarning kamida ikkitasi «Deepal» brendiga tegishli. Ular Xitoyning «Geely» konserni tarkibidagi «Volvo Cars» bilan aloqador «Hertz Norway» kompaniyasi orqali ijaraga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring