Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muborakda «Nexia» va teplovoz to‘qnashdi

Muborakda «Nexia» va teplovoz to‘qnashdi

Bugun, 8 noyabr kuni soat 07:00 larda Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani, «Sariq» M.F.Y hududidan o‘tuvchi 4R-96 avtomobil yo‘li bilan kesishgan 307-sonli temir yo‘lida YTH sodir bo‘ldi.

Haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan S.R. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomobil hamda TEM2-784 raqamli teplovoz ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Qarshi gornizoni xarbiy avtonazorat inspeksiyasi tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring