Myunster terakti shaxsiga aniqlik kiritildi

7-aprel kuni Germaniyaning Myunster shahrida yuk mashinasini olomon ustiga haydagan haydovchining shaxsi aniqlandi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Sueddeutsche Zeitung» gazetasi bergan ma’lumotga ko‘ra, yuk mashinasini 1969 yilda tug‘ilgan nemis millatiga mansub kishi boshqargan. Uning ruhiy jihatdan nosog‘lom bo‘lganligi aytilmoqda.
Nashrning yozishicha, hozir uning uyi portlovchi moddalar bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida tintuv qilinmoqda.
Politsiya voqea sodir bo‘lgan joyni o‘rab olgan hamda aholidan uylarini tark etmaslikni so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun mahalliy vaqt bilan soat 15:27 da Myunster shahrida noma’lum shaxs yuk mashinasini odamlar ustiga haydagani haqida xabar bergan edik. Hodisa natijasida 3 kishi halok bo‘lgan. Politsiya mazkur holatni terakt sifatida baholagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter