Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda Damas urib yuborgan 8 yoshli bola vafot etdi

Namanganda Damas urib yuborgan 8 yoshli bola vafot etdi

Joriy yilning 14-aprel kuni soat 16:30larda, Namangan viloyati, Namangan tumani, Mullaqudinov MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida, haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan A.S. "Damas" rusumli avtomobilni boshqarayotib chap tomondan o‘ng tomonga yugurib yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan va boshqaruvni yo‘qotib avtomobil ag‘darilgan.

Natijada, piyoda, 2013 yilda tug‘ilgan A.Sh. tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Namangan tumani IIB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring