Namangandagi chevarxona yonib ketdi

Bugun, 30-dekabr kuni Namangan shahridagi Ozod mahalla fuqarolar yig‘ini A.Xo‘jayev ko‘chasida joylashgan xususiy korxonaga qarashli chevarxonada yong‘in sodir bo‘lgan.
Namangan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in natijasida chevarxona binosining shift va ichki qismidan 70 kv. metr joy, tayyor va yarimtayyor mahsulotlar, 6 dona tikuv mashinasi, 1 dona kompyuter hamda hujjatlar yonib zararlangan.
Yong‘inda hech kim kuymagan va halok bo‘lmagan. Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter